O‘zA O`zbek

20.08.2018 13:10 Chop etish versiyasi

Qurbon hayit bayrami arafasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi

Qurbon hayit bayrami arafasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yetti yilligi hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tashkil qilingan umumxalq hasharida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etdi.

Xususan, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Buxoro viloyatlaridagi qadimiy qadamjolar, 20 dan ortiq qabristonlarda obodonlashtirish ishlari bajarildi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan xabar olindi, bayram munosabati bilan ularga sovg‘a-salomlar ulashildi.

Qabristonlar ichidan joy olgan minglab daraxtlar va o‘nlab kilometr yo‘l chetlari oqlandi. Suvning oqishiga xalaqit berayotgan chiqindilardan ariqlar tozalandi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
2 912