O‘zA O`zbek

05.07.2018 17:38 Chop etish versiyasi

Qur’oni Karimning navbatdagi nusxalari sotildi, keyingi nashr qachon chop etiladi?

Qur’oni Karimning navbatdagi nusxalari sotildi, keyingi nashr qachon chop etiladi?
Avval xabar berganimizdek, 2018 yil 5 iyul kuni “HILOL NASHR” nashriyot-matbaasi Mus’hafi sharifni yana sotuvga chiqardi. Jami 10 ming nusxada chop etilgan Qur’oni Karim butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqatildi. 

Nashriyotning moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Abdulvohid Sattiyevning xabar berishicha, “HILOL NASHR” nashriyot-matbaasi do‘konining sayti orqali ertalab sotuvga qo‘yilgan 300 dona Mus’haf 20 daqiqada sotib bo‘lingan. Bosh do‘konning o‘zida ertalabdan to tushgacha esa 3700 Qur’oni Karim o‘z egalariga yetkazib berilgan. 

Qur’oni Karimni sotib olish uchun Farg‘ona, Buxoro, Samarqand kabi viloyatlardan ham mijozlar tashrif buyurgan. 

Xabar berilishicha, keyingi nashr yana uch oydan so‘ng xalqqa taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida ham jamoatchilik uchun sotuvga chiqarilgan kitobning 10 ming nusxasi butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqatilgan edi.


O‘zA
4 545