O‘zA O`zbek

23.03.2020 Chop etish versiyasi

Qumqoʻrgʻonlik tadbirkor xaridorlarga nonni bepul bermoqda

Qumqoʻrgʻonlik tadbirkor xaridorlarga nonni bepul bermoqda
Bugungi sinovli kunlarda Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida ham xayriya aksiyalari tashkil etilyapti. Tuman hokimi R.Gʻafforov va sektor rahbarlari tashabbusi bilan aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman markazida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada 2 tonna kartoshka, piyoz va 1000 dona qolipli non bepul tarqatildi. Xayriya aksiyasida har bir fuqaroga mahsulotlar 2 kilogrammdan berildi. Xalq boshiga tushgan tashvishdan hech kim oʻzini chetga olmay, aksincha hamjihatlikda bir-biriga yordam qoʻlini uzatmoqda.

Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan “Turon” savdo majmuasida esa har bir xaridorga 2 dona non bepul ulashilyapti. Bundan tashqari, tuman markaziy shifoxonasida bepul niqoblar tarqatilyapti.


1 203
OʻzA