O‘zA O`zbek

30.08.2018 18:22 Chop etish versiyasi

Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda

Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda
Jizzax politexnika institutida “Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” mavzuida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Jizzax garnizoni, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda Yoshlar ittifoqi vakillari ishtirokida anjuman oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar harbiy texnika va qurol-yarogʻlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Shundan soʻng maxsus qism askarlari tomonidan tayyorlangan qoʻl jangi chiqishlari yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Shuningdek, institut stadionida viloyat hokimligi hamda harbiy qismlar futbol jamoalarining bellashuvi boʻlib oʻtdi.
4.JPG

11-faqat saytga.JPG

Jamshid Yorbekov (surat) OʻzA
2 134