Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2018 16:06 Chop etish versiyasi

Qozog‘istonda Navro‘z bahonasida dunyodagi eng uzun quroq ko‘rpa tikiladi

Qozog‘istonda Navro‘z bahonasida dunyodagi eng uzun quroq ko‘rpa tikiladi Olmaota shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan 150 ga yaqin tadbir o‘tkaziladi, deb xabar beradi “Kazinform” xalqaro axborot agentligi.

Xabarda qayd etilishicha, megapolisning barcha tumanlarida konsert maydonlari o‘rnatiladi. Shu bilan birga sport bellashuvlari, yoshlar aksiyalari, ko‘rgazmalar ham uyushtiriladi. Bu kabi tadbirlar ichida 22-martda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan choyxo‘rlik marosimi ham bor. O‘sha kuni shaharning “Jibek Jolы» ko‘chasidagi maydonga sig‘imi 2 ming litrga teng ulkan piyola o‘rnatiladi. Tashkilotchilar 20 mingdan ziyod mehmonni choy bilan siylashni mo‘ljallab qo‘ygan.

қуроқ.jpg

Olmaotaliklar Navro‘z bahonasida dunyodagi eng uzun quroq ko‘rpani tikib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirishni ham maqsad qilib qo‘ygan. Bu ko‘rpaning hajmi 25 ming 500 kvadrat metr bo‘lishi kutilmoqda.

Olmaotada Navro‘z shodiyonalari aprel oyiga qadar davom etadi.

Malohat Husanova, O‘zA
7 713