O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

Qozog‘iston fermerlariga O‘zbekiston bilan raqobatlashishda nima yordam berishi mumkin?

Qozog‘iston fermerlariga O‘zbekiston bilan raqobatlashishda nima yordam berishi mumkin?


Ayni paytda jahon bozorida sabzavot va mevalar eng xaridorgir organik mahsulotlar boʻlib qolmoqda. UzAnalytics saytida Oʻzbekistonda meva-sabzavotlar eksportini rivojlantirish istiqbollari, sohadagi mavjud muammolar, ishlab chiqaruvchi va eksportchilarning odatiy xatolari haqida maqola eʼlon qilingan edi.

AQSH xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) Osiyo, Afrika va Amerikadan 500 dan oshiq qishloq xoʻjalik xodimi va ekspertni taklif etgan IX Markaziy Osiyo savdo-sotiq forumida Qozogʻistonlik fermerlar shunday organik mahsulotlarni yetishtiruvchilar boʻlishi mumkinligi va ularning eksport istiqbollari haqida mulohazalar bildirildi.

Ekcport istiqbollari

BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Qozogʻiston Respublikasining (QR) Organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi tashkil etgan forum doirasida oʻtkazilgan panel sessiya toza ekologik mahsulotlarni ishlab chiqarish va ular marketingiga bagʻishlandi.

Keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda Qozogʻistonda organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning barchasi (60 dan ziyod) mamlakat shimolida mehnat qilmoqda va ushbu iqlim zonasiga mos donli, dukkakli va yogʻbop ekinlarni 300 ming gektarga yaqin yerda yetishtirmoqda. Lekin mamlakatning janubiy mintaqalaridagi sugʻoriladigan yerlar va bogʻlarda organik mahsulotlar yetishtiriladigan yerlarni rivojlantirishning ulkan potensiali mavjud. QR Qishloq xoʻjaligi vazirligi ushbu yoʻnalishni ragʻbatlantirish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqdi. Eksportga yoʻnaltirilgan “toza” sabzavot va mevalar yetishtirish boʻyicha Almati va Jambil viloyatlari asosiy mintaqalar boʻlishi kerak.

Ayni rejalar dunyoda mavjud trend – tamoyilga ham mos keladi: ekspertlar bashorat qilishicha, 2025-yilga borib, organik bogʻ maydonlari oʻsib borayotgan talabni qoplash uchun hozirgi 272 ming gektardan 438 ming gektarga yetadi.

Shu paytgacha loyiha boʻyicha bir qancha tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishildi, ular orasida “Atmeken” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, viloyatlar hokimiyatlari, BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkiloti (FAO), BMTTD singari xalqaro tashkilotlar bor. Hujjat 1-dekabrga qadar prezident maʼmuriyatiga taqdim etilishi kerak.

Zeynulla Sharipov

Dasturning maqsadi har bir mintaqada organik mahsulotlar yetishtiradigan potensial ishlab chiqaruvchilarni tanlab olish va eng istiqbolli ekinlarni aniqlashdir, − dedi QR Qishloq xoʻjalik vazirligining (QXV) Organik va halol mahsulotlar boshqarmasi boshligʻi Zeynulla Sharipov. – Qamrovning ahamiyati yoʻq, kichik fermerlar boʻladimi yoki katta xoʻjaliklarmi, kimdir eksportga, kimdir ichki bozorga, ishqilib, hamma ishlashi kerak. Oziq-ovqat xavfsizligini oshirishda ijtimoiy omil ham qoʻshimcha koʻmak beradi – qishloqliklar ish bilan taʼminlanadi. Shirkatchilik harakati hisobga olinsa, “organika” ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilishning yaxshi potentiali bor, bu koʻproq foyda olishga yordam beradi.

Dasturda har bir qishloqda bitta organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona tuzish koʻzda tutilgan. Hokimiyat yetishtirilayotgan mahsulotlar uchun sertifikat olishda, ularni sotishda yordam berishi mumkin.

Muvaffaqiyatga erishgan loyihalar biznes-reja tariqasida hujjatlashtiriladi va tajriba hamma joyga tarqatiladi. Z.Sharipovga koʻra, bu ishda BMT Taraqqiyot dasturi yordam beradi hamda u ajratgan mablagʻlar dehqonlarga dalalarning oʻzida konsultatsiya berish, ekspertlarni jalb qilish va Qozogʻistondagi organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning yagona maʼlumotlar bazasini yaratishga yoʻnaltiriladi.

Ixtisoslashuvga kelsak, janubiy viloyatlarning sugʻoriladigan yerlariga poliz ekinlari, sabzavot, yongʻoq va mevalar, Almati viloyatiga esa, tabiiyki, olma mos keladi.

Sergey Raximov

Yaxshi bogʻ yaratish tajribasini Tojikistondagi “Gʻalla kompaniyasi” bosh direktori, forum ishtirokchisi Sergey Rahimov soʻzlab berdi. Aytishicha, kompaniyasi gʻallachilik bilan shugʻullanish barobarida Fargʻona viloyatining quyi qismida yordamchi xoʻjalikni tiklashga qaror qilibdi. Ilgari oʻsha yerda mavjud boʻlgan 140 gektar bogʻ qarovsizlik oqibatida deyarli qurib qolgan ekan. Ular Kaliforniya shtatiga borib, tajriba orttirib kelib, 2012-yilda 40 gektar yerda oʻrik, shaftoli, olxoʻri va gilosning tarli navlaridan iborat intensiv bogʻ barpo qilibdi. Kompaniya bogʻni 2026-yilga borib toʻliq tiklashni rejalashtirmoqda.

Joriy yilda bogʻdan 100 tonna hosil olinib, xarajatlar qoplanibdi. Kelgusida bogʻning har gektaridan 7 – 12 ming AQSH dollarilik daromad olish mumkin.

S. Rahimov qozogʻistonlik tadbirkorlar hosil yigʻilmasdan burun meva-chevaning hammasini sotib olganini va har bir kilogramm hosil uchun 1 dollardan haq toʻlaganini aytdi.

Kompaniya endi yetishtirayotgan mahsulotlariga sertifikat olmoqchi, mahsulot yetishtirishda kimyoviy oʻgʻitlar deyarli qoʻllanmayapti, tuproq kambagʻal boʻlgani uchun goʻngdan foydalanmoqda. Mevalarni himoya qilish uchun organik vositalarni Italiyadan sotib olmoqda.

Yevgeniy Klimov

Qozogʻistonning organik qishloq hoʻjaligi harakati federatsiyasi raisi Yevgeniy Klimovning fikricha, ayni paytda Qozogʻistonda organik meva-sabzavot sektori mavjud emas va ishni noldan boshlash kerak. Bunga sabab tannarxi qimmat organik mevalarga pul toʻlashga qodir ichki talabning yoʻqligidir, tashqi bozorga chiqish uchun esa koʻp miqdordagi meva-cheva kerak. Lekin ushbu istiqbolli sohani rivojlantirish boʻyicha ilk qadamlar qoʻyilmoqda.

Joriy yilda Almati viloyatini Uygʻur tumanida sertifikatlash oldidan tekshiruv oʻtkazdik, ‒ deydi Yevgeniy Klimov. ‒ Chunja qishlogʻida organik mahsulotlar yetishtirayotgan fermerlar bor, mahsulotlariga sertifikat olmoqchi. Ular 400 gektarga yaqin yerda, asosan, shaftoli, oʻrik, oldma, gilos yetishtiradi… U yerdagi sharoit yaxshi, iqlim qulay, parazitlar va oʻsimliklarning zamburugʻli kasalliklari yoʻq.

Kelasi yildan boshlab Chunja bogʻlarida uch yillik organik mahsulotlar yetishtirishga oʻtish davri boshlanadi. Agar sertifikatlash idorasi ular yetishtirayotgan mahsulotlarni ekologik toza deb topsa, bu muddat qisqarishi ham mumkin.

Mana shu yerga kelgshanda, nafasni bir rostlab olib, fermerlarga oʻzi bu ishlar nima uchun kerak, degan savolni beramiz. Javob esa tayyor: oʻzbekistonlik hamkasblari bilar raqobatlashish uchun!

Oʻzbekistonlik fermerlar bogʻlarida yetishtirilgan mahsulotlar Rossiya savdo tarmoqlarini bosib ketgan. Ularning miqdori ham yetarli. Endi qozogʻistonlik fermerlarga bitta yoʻl qoladi – yetishtirayotgan mevalari sifati qoʻshnisinikidan yuqori boʻlishi kerak.

Andrey Streles

Shimoliy Qozogʻiston viloyatining Pokrovka qishlogʻilik fermer Andrey Streles qozogʻistonliklar ekologik toza mahsulotlar uchun koʻproq toʻlashga tayyor emas, degan gapga qoʻshilmaydi. 2012-yildan beri 12 gektar yerda kartoshka, sabzi va piyoz yetishtirib keladi.

Uning fikricha, gumus ham bozori chaqqon tovar, chunki fermerlar kimyoviy oʻgʻitlarsiz mahsulot yetishtirishga harakat qilmoqda. A. Streles yeri koʻp va yetishtirayotgan mahsulotlarining miqdori bilan yutib ketayotgan fermerlardan farqli tarzda sifatga urgʻu bera boshladi.

Toʻgʻri, uning mahsulotlari qimmatroq, ekologik toza mahsulotlarga talab bor. Gumus solinayogan dalasidagi hosilning choʻgʻi moʻl – gektaridan 400 sentner oladi. Bu – mamlakatdagi oʻrtacha hosildorlikdan 50 sentner koʻp degani.

Uning fikricha, gumus ham bozori chaqqon tovar, chunki fermerlar kimyoviy oʻgʻitlarsiz mahsulot yetishtirishga harakat qilmoqda. A. Streles yeri koʻp va yetishtirayotgan mahsulotlarining miqdori bilan yutib ketayotgan fermerlardan farqli tarzda sifatga urgʻu bera boshladi.

Toʻgʻri, uning mahsulotlari qimmatroq, ekologik toza mahsulotlarga talab bor. Gumus solinayogan dalasidagi hosilning choʻgʻi moʻl – gektaridan 400 sentner oladi. Bu – mamlakatdagi oʻrtacha hosildorlikdan 50 sentner koʻp degani.

Endi u yetishtirayotgan mahsulotlarini sertifikatlash taraddudida.

Shu tobda zikr etilgan tadbirda muhokama qilingan hamda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasida mavjud raqobatga oid yana bir soha borki, uni eslab oʻtmasdan boʻlmaydi. Gap gʻalla yetishtirish, tortish va isteʼmolchilarga yetkazib berish muammolari haqida ketmoqda.

Qozogʻistonda gʻalla yangi hosili narxining balandligi, tashish xarajatlari qayta ishlovchilarga tovarni chet elga joʻnatish imkonini bermayapti. Kimdir ichki bozor uchun ishlayotgan boʻlsa, kimdir qoʻshni Oʻzbekistonga koʻchib oʻtmoqda, u yerda hukumat sohani rivojlantirish uchun juda yaxshi sharoit yaratib bergan.

Gap shundaki, bugungi kunda bugʻdoyning narxini tegirmonchilar yoki gʻallafurushlar emas, asosiy tovar sotiladigan bozorlarimiz – Afgʻoniston, Oʻzbekiston va Tojikistondagi xaridorlarimiz belgilayapti, – vaziyatga izoh berdi Qozogʻiston gʻalla qayta ishlovchilar va novvoylar uyushmasi prezidenti Yevgeniy Gan. – Tovarimizni sotmoqchi boʻlsak, belgilangan narxdan chetga chiqmasligimiz kerak. Lekin dehqonlar bizga aytayotgan narx bilan xaridorlar bizga toʻlashga tayyor narx oʻrtasida farq bor. Savdo yurishishi uchun bir tonna gʻallaning narxi 55 – 58 ming tenge (1 354 650 – 1 428 540 soʻm) boʻlishi kerak. Biz esa uning narxini 65 ming tenge (1 600 950 soʻm) yoki undan balandroq koʻramiz

Doʻs-Mukasan Taukebayev

Qaragʻandadagi yirik “Mutlu” unni qayta ishlash majmuasi direktori Doʻs-Mukasan Taukebayevga koʻra, gʻallaning bir tonnasi ikki hafta oldin 60 ming tenge turgan boʻlsa, bugungi kunga kelib, 70 ming tengega chiqdi. Bu yilgi hisob-kitoblarga koʻra, Qozogʻiston bu yil 10 – 12 million tonna gʻalla olishi mumkin. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 2 – 4 million tonna kam. Asosan gʻalla ekiladigan viloyatlarda yomgʻir koʻp yogʻayotgani sababli kombaynlar gʻallazorlarga kira olmayapti. Bu ham uning narxi oshishiga sabab boʻlmoqda.

Qozogʻiston gʻallasi narxiga sifati yuqoriligi va Rossiyadagi gʻalla hosili miqdori taʼsir etishi mumkin. lekin Yevgeniy Gan aytishicha, koʻpchilik xaridorlar gʻallaning sifatiga emas, narxiga qarayotgani sababli uchinchi va toʻrtinchi navli gʻallani qayta ishlashga talab katta ekan.

Shu bilan birga tegirmonchilar tarkibidagi kleykovina 30 foizdan kam boʻlmagan “premium-klass” navli unni ham ishlab chiqarmoqda. U Qozogʻistonning ham, Qirgʻizistonning ham janubiy viloyatlarida tandir noni uchun ishlatiladi.

Qaragʻanda viloyatida 3 ta kompaniyaning Xitoyga un yetkazib berishga ruxsatnomasi bor. Biroq ushbu mamlakatga ilgari bir tonna gʻalla 240 dollardan yetkazib berilar edi. Doʻs-Mukasan Taukebayev endi har bir tonna un 280 dollardan yetkazib berilishi mumkinligini, lekin Xitoy bozori bu narxni koʻtarmayotganini aytadi.

Shu tariqa qozozistonlik un ishlab chiqaruvchilar eksportga tovar joʻnatmayotgan paytda oʻzbekistonliklar hamkasblari ularni bozordan surib chiqarayotganini kuzatib turishdan boshqi iloji yoʻq. Maʼlumki, Qozogʻiston un eksporti boʻyicha birinchilikni ayrim sabablarga koʻra, Turkiyaga berib qoʻygan edi. Endi esa uni Oʻzbekiston ikkinchi oʻrindan ham siqib chiqarishi va bu joriy mavsumda roʻy berishi mumkin.

Gap shundaki, Afgʻoniston bozoriga un yetkazib berish boʻyicha Qozogʻiston bilan raqobat qilib kelayotgan Pokiston gʻalla va uni qayta ishlab olinadigan mahsulotlarni eksport qilishni taqiqlab qoʻydi. Bu yilgi hosil odatdagidan 33 foiz kam boʻlgani oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bir qarashda Qozogʻiston tegirmonchilarining oshigʻi olchi boʻlib, boʻshab qolgan joyni egallab oladigandek tuyuladi. Afsuski, yoʻq. Gʻalla narxi yuqoriligidan tashqari Oʻzbekistonda oʻz un ishlab chiqaruvchilarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar Afgʻonistonga Qozogʻistondan un yetkazib berishga toʻsqinlik qilmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda gʻalla hosili ham bu yil yaxshi boʻldi.

Yana oʻzbeklar koʻp miqdorda Qozogʻiston gʻallasini sotib olib, qayta ishlamoqda. Ularning uni narxi bir necha sabablarga koʻra Qozogʻiston uninikidan past.

Biz vaziyatni tahlil qilib koʻrdik va oʻzbek un ishlab chiqaruvchilari raqobatbardoshliligining 6 ta sababini aniqladik, ‒ deya maʼlumotlarni keltiradi Doʻs-Mukasan Taukebayev. ‒ Birinchidan, bu mamlakatga gʻallani QQSsiz olib kirish mumkin, import uni 20 foizlik stavka boʻyicha soliqqa tortiladi. Ikkinchidan, bir tonna unni Oʻzbekiston orqali Afgʻonistonga olib oʻtishimiz 47 dollarga tushadi, oʻzbek ishlab chiqaruvchilarining oʻsha yoʻnalishdagi tashishi xarajatlari, bor-yoʻgʻi, 22 dollar. Uchinchidan, yangi prezident Oʻzbekistondagi un ishlab chiqaruvchi korxonalarni koʻplab soliq turlaridan 5 yilga ozod qildi. Toʻrtinchidan, bizda kredit boʻyicha oʻrtacha stavka 14 foiz boʻlib, yetti yilga, Oʻzbekistonda esa 4 foiz boʻlib, 15 yilgacha beriladi. Yaʼni bizga arzon pul yetishmaydi, aslida arzon pul har qanday biznesning “qoni”dir. Beshinchidan, bizda bir kilovatt elektr energiyasi narxi 20 tenge, Oʻzbekistonda esa 10 tengedan oshmaydi. Oltinchidan, u yoqda ish kuchi ikki barobar arzon: bizning korxonalardagi oʻrtacha oylik ish haqi 140 ming tenge, Oʻzbekistonda esa – 80 ming tenge.

Qozogʻistonlik un ishlab chiqaruvchilar vaqti-vaqti bilan ushbu mahsulotni eskport qiluvchilar manfaatlari himoya qilinishini istab, turli idoralarga xatlar yozadi. Yangi proyezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev ham xomashyo emas, qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qilish muammosiga eʼtibor qaratgan edi. Lekin amaldorlar bu borada hech ish qilmayapti.

Doʻs-Mukasan Taukebayev taʼkidlashicha, xomashyo eksporti mamlakatga koʻp miqdorda ziyon keltirmoqda. Hisob-kitob qilishicha, 1000 tonna unni eksport qilish 70 – 130 kishini ish bilan taʼminlaydi, 1000 tonna gʻallani eksport qilish uchun esa 3 kishining mehnati yetib ortadi. Bir tonna unni chet elga 300 dollarga sotish mumkin boʻlsa, bir tonna gʻalla 180 dollarga ketadi. Demak, mamlakat har bir tonnadan 120 dollar yoʻqotyapti.

Oqibatda biznes qayerda shiroit qulay boʻlsa, oʻsha yerni tanlashga majbur boʻladi.

Turkiston viloyatidagi bir necha yirik, yana Qaragʻanda viloyatidagi ikkita un ishlab chiqaruvchi kompaniya ishlab chiqarishini Oʻzbekistonga koʻchirdi, − deb xabar qiladi Doʻs-Mukasan Taukebayev. – Chunki u yerdagi ish sharoitlari foydaliroq. Oltita asosiy ustunlikni sanab oʻtdim. Bizda-chi? Milliardlab tenge mablagʻ tushunarsiz dasturlarga ishlatiladi, lekin haqiqy ehityojmandlarga eʼtibor qaratilmaydi.

Surat manbasi: pixabay.com


3 091
O'zA