O‘zA O`zbek

11.04.2018 21:10 Chop etish versiyasi

“Qorong‘u kecha”dan “Sarjaylau”ga

“Toshkent – Olmaota – Toshkent” avtobusidamiz...

Keng va ravon yo‘lda avtobus shamolday yeladi. Tun qo‘ynidagi Qozog‘istonning bepoyon dalalari, ko‘m-ko‘k yaylovlari yanada ajib go‘zallikka burkanganday. Bahorning tafti-tarovati ularni siylagan.

Avtobusning yorqin chiroqlari yo‘lni yoritib bormoqda. Haydovchiga “Charchamadingizmi?” deyman, u esa ishonch bilan “Ikki xalqning do‘stligini mustahkamlashday katta ishga ozgina bo‘lsa ham hissam tegadiyu men charchaymanmi” deydi.

Avtobus ichida o‘zgacha shukuh, o‘zgacha kayfiyat hukmron. Hamma bir-biri bilan samimiy gurung, hazil-mutoyiba qilib boradi. Ko‘zga uyqu kelmaydi, ko‘ngil she’r aytishni, qo‘shiq kuylashni qo‘msaydi...

Bepoyon yaylovlarning salqin va musaffo epkinidan to‘yib nafas olaman. Qozoq shoiri Muqag‘ali Maqatayev she’ri bilan aytiluvchi o‘sha mashhur “Sarjaylau” qo‘shig‘ini xirgoyi qilayotganimni o‘zim ham sezmay qolaman.

Manzil ham tobora yaqinlashmoqda.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
3 632