O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

Qorasuv massivi bir yilda

Qorasuv massivi bir yilda

Samarqand shahri aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji inobatga olinib, 2018 yilda shaharning yangi massivi – Qorasuvda bunyodkorlik ishlari boshlangan edi.

50 gektarga yaqin maydonda barpo etilayotgan massivda 2018 yilda “O‘zshaharqurilishinvest“ injiniring kompaniyasi tomonidan 7 qavatli 32 ta uy qurildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun “Qishloqqurilishinvest“ injiniring kompaniyasi tomonidan 5 qavatli 12 ta uy, 235 o‘rinli 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 1 ta maktab binosi barpo etildi.

Bugungi kunda Qorasuv massivida aholi uchun turar joylar qurish jadal suratlarda davom etmoqda. Joriy yil dasturi bo‘yicha “O‘zshaharqurilishinvest“ injiniring kompaniyasi tomonidan jami 7 qavatli 13 ta uy bunyod etilmoqda. Shuningdek, “Agromir buildings” kompaniyasi tomonidan 1208 xonadondan iborat 12, 14, 16 qavatli 18 ta turar-joy binosi qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

– 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur asosida kompaniyamiz tomonidan mazkur massivda 4 ming 728 xonadonga mo‘ljallangan 68 ta turar- joy qurilishi belgilangan, – deydi “Agromir buildings” kompaniyasi bosh muhandisi Shodmon Atoullaev. – Ayni paytda turkiyalik hamkorlar bilan joriy yil foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan uylarda qurilish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Kelgusida turar-joylarni eniga emas, bo‘yiga kengaytirish rejalashtirilgan. Ya’ni, 24-30 qavatli uylar qurilishi bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.


photo5393377110501993479.jpg

photo5395353684516383800.jpg

photo5395375919562074782.jpg

photo5393377110501993481.jpg

photo5393377110501993483.jpg

photo5393377110501993484.jpg

510
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA