Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.12.2017 20:07 Chop etish versiyasi

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar mahallasi haqida nimalarni biladi?

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar mahallasi haqida nimalarni biladi? Nukusda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 15 jamoa uch shart bo‘yicha o‘z salohiyatini namoyish etdi. Har bir ishtirokchi o‘zi istiqomat qilayotgan hudud tarixi, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi, huquqiy-me’yoriy hujjatlar bo‘yicha savollarga javob berdi.

6.jpg

Nukus shahridagi “Bog‘dorchilik” mahalla fuqarolar yig‘inining “Navqiron yoshlar” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rinni Nukus tumani markazi Oqmang‘it shaharchasining “Oqmang‘it” jamoasi, uchinchi o‘rinni Amudaryo tumani “Oyoqchi” mahalla fuqarolar yig‘inining “Barkamol avlod” jamoasi egalladi.

2.jpg

– O‘zimiz yashayotgan hududning yanada obod va aholi turmushi farovon bo‘lishida biz, yoshlar ham mas’ul ekanimizni chuqur his qilamiz, – deydi “Navqiron yoshlar” jamoasi sardori Gulmira Allanazarova. – Mahallamizdagi 431 xonadonda 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Yoshlar ta’lim olayotgan muassasalarda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” shiori ostida o‘tkazilayotgan uchrashuv va davra suhbatlari yaxshi samara bermoqda.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
9 493