O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar Xitoydan kislorodli konsentratorlar olib kelmoqda, ularni davlatga bepul bermoqchi

Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar Xitoydan kislorodli konsentratorlar olib kelmoqda, ularni davlatga bepul bermoqchi

Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar oʻz hisoblaridan davlatga, yaʼni Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga kislorodli konsentratorlarni olib kelib bermoqchi. “KARDAR” korxonasi rahbari, tadbirkor Murat Shimbergenov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ishda koʻplab tadbirkorlar va saxovatli insonlar hayrixoxlik bildirgan.

— Biz Xitoydan 100 dona kislorodli konsentratorlar olib kelyabmiz. Har donasi umumiy hisobda 450 dollardan tushdi. Shaxsan oʻzim 100 mln soʻm xayriya qildim. Konsentratorlar kelgandan keyin Sogʻlikni saqlash vazirligiga bepul beramiz, – deydi M.Shimbergenov. – Bu ish hali davom ettiriladi. Xayrli ishga qoʻshilamiz deyayotganlar chiqyapti. Baʼzi fuqarolar yoki xususiy klinikalar shaxsan oʻzlariga olib kelib berishni iltimos qilyapti. Biz ularga oʻz naxida, yaʼni 450 dollardan yetkazib beramiz. Ustiga foyda qoʻymaymiz. Lekin, davlatga tekin beriladi.

Hozirda 100 dona kislorodli konsentratorlar yuklangan transportlar Xitoydan Oʻzbekistonga qarab yoʻl olgan.

2 250
Y.Qanoatov, OʻzA