O‘zA O`zbek

06.08.2018 11:14 Chop etish versiyasi

11 tumanda yil boshidan buyon yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilmadi

11 tumanda yil boshidan buyon yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilmadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda umumiy jinoyatlar soni 542 taga kamaygan. 242 ta fuqarolar yig‘ini hududida yoshlar tomonidan umuman jinoyat sodir etilmagan. Jazoni o‘tab kelgan 248 ta fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Bu haqda Nukusda shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, ichki ishlar organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lumot berildi.

Joriy yil 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarning bugungi holati, bu borada ichki ishlar organlari va davlat organlarining mas’uliyatini oshirish, tizimda yuzaga kelgan muammolar hamda kamchiliklarni bartaraf qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor majlisi o‘tkazilgan edi.

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan o‘sha majlisda ko‘tarilgan muhim masalalar yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida 16 yoshga to‘lgan bir guruh yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Yesimxon Qanoatov, O‘zA
2 483