O‘zA O`zbek

25.08.2018 15:21 Chop etish versiyasi

Qoraqalpogʻiston Teleradiokompaniyasiga avvalgi rahbar qaytib keldi

Qoraqalpogʻiston Teleradiokompaniyasiga avvalgi rahbar qaytib keldi
2012-yilda Qoraqalpogʻiston Teleradiokompaniyasini boshqargan Baxitbek Yelmanov oradan 6 yil oʻtgach qator lavozimlarda ishlab, yana Qoraqalpogʻiston Teleradiokompaniyasi direktori lavozimga tayinlandi.

“Nukus-FM” radiosi va “Jaslar TV” telekanallari loyihalari muallifi va shu paytgacha rahbari boʻlib ishlab kelgan B.Yelmanov ungacha Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi matbuot kotibi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutiningQoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

OʻzA
1 717