Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 15:10 Chop etish versiyasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kamalak” bolalar tashkilotining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kamalak” bolalar tashkilotining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib ulg‘aytirish, vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi "Kamalak" bolalar tashkilotining alohida o‘rni bor.

Maktab o‘quvchilarini birlashtiruvchi bu tashkilot faoliyati sinf va guruh sardorlari kengashi, shuningdek, maktab sardorlari kengashi tomonidan yuritiladi. Yig‘ilishda yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni tashkilot safiga qabul qilish, bolalar tashkilotining yangi tahrirda qabul qilingan Nizomi bilan tanishtirish kabi masalalar muhokama etildi

– Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan har bir sinfda sardorlar kengashi tarkibi saylanib, yangi a’zolar hisobiga tashkilot safini kengaytirish ishlari olib borilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi I.Abdixoliqov. – Bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash sardorlar kengashlarining asosiy faoliyat yo‘nalishidir.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kamalak” bolalar tashkilotining sardorlar kengashi a’zolari saylandi. Tashkilot faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
523






Все о погоде - Pogoda.uz