Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 18:35 Chop etish versiyasi

Qonunlar loyihalari muhokama etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’muriy tartib-tamoyillar to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy sud ijrochiligi to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Mamlakatimizda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va sohaga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonlari doirasida “Ma’muriy tartib-tamoyillar to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy sud ijrochiligi to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqildi.

Ushbu hujjatlar loyihasini tayyorlashda tadbirkorlik sub’eklari, biznes sohasi vakillarining taklif-mulohazalari inobatga olindi. Loyihalar Yagona portal, shuningdek, Savdo-sanoat palatasining sayti va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi.

“Ma’muriy sud ijrochiligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan maqsad ma’muriy sud ijrochiligining samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, ma’muriy-huquqiy institutlarni takomillashtirish, ma’muriy sud ijrochiligiga oid umumiy tamoyillar va qoidalarni ishlab chiqish, mazkur sohadagi xalqaro tamoyillar va standartlar, ijobiy xorijiy tajriba va ishlanmalarni implementatsiyalashdan iborat.

Tadbirda yuqorida nomi keltirilgan qonunlar loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, turli soha vakillari tomonidan mazkur loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
554






Все о погоде - Pogoda.uz