Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 15:07 Chop etish versiyasi

Qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim omili

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi hamkorligida "Jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining normalarini yanada takomillashtirish va liberallashtirish – qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim omili" mavzuida anjuman o‘tkazildi.

Parlament quyi palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi D.Abduqodirov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida sud hokimiyati mustaqilligini bosqichma-bosqich mustahkamlash, sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va joriy yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonlarida ushbu sohaning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga doir muhim vazifalar belgilangan.

Anjumanda sud tizimini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning, xususan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilishni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbirda sud-huquq tartiboti va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, tanlash va joylashtirish tizimini takomillashtirish, murojaatlarni doimiy tahlil qilish va ularning natijalarini yoritib borish, advokatura tizimini rivojlantirish, notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilishga doir rejalar muhokama qilindi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
331






Все о погоде - Pogoda.uz