Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.08.2017 19:16 Chop etish versiyasi

Qonun loyihalariga oid tushuntirish ishlari mahallalarda ham boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamkorligida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida «Mustaqillik va O‘zbekistonda mahalla institutining rivojlanishi» mavzuida konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda mahallalar faoliyatiga bevosita daxldor bo‘lgan va takomillashishni taqozo etayotgan amaldagi qonun hujjatlari va ularning yangi tahrirdagi loyihalari haqida gap bordi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur farmon bilan tasdiqlangan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar Dasturi»ga asosan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

– Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati bir nechta sabablarga asoslanadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati T.Norboyev. – Birinchidan, hozirgi kunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlarni davlat boji to‘lamasdan taqdim etish belgilanmagan. Ikkinchidan, fuqarolar yig‘ini kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlari, hudud profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalari, qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar rahbarlarini kiritish, shuningdek, har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini kengashida ularning hisobotini o‘rganib borish zarurati ham yuzaga kelmoqda.

Bugungi kunda aholi shu kabi qonun loyihalaridan nechog‘lik xabardor? Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga munosabati qanaqa? Bu borada qanday talab va takliflari bor?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, deputatlar T.Norboyev, Sh.Vafoyev, I.Xojiyev va «Mahalla ziyosi» respublika o‘quv uslubiy markazi bosh mutaxassisi U.Saidov bu masalalar yuzasidan tumandagi mahalla oqsoqollari, faollar, tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini o‘rgandi.

Tadbirda davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan ishlab chiqilgan qonun loyihasi yuzasidan ham keng tushuntirishlar berildi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz