Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.07.2017 18:41 Chop etish versiyasi

Qonun bilimdonlari bahslashdi

Samarqandda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, qonunlar haqidagi bilimini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda tanlovning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 jamoa ishtirok etdi.

– Tanlovning bu yilgi saralash bosqichlari ham mamlakatimizdagi barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yuqori saviyada tashkil etildi, – deydi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi mas’ul xodimi S.Sanaqulov. – Jumladan, birinchi bosqichda 80 ming o‘quvchidan iborat 3517 jamoa o‘zaro bahslashdi. Tanlovning ikkinchi – tuman, shahar bosqichida esa 193 jamoa saralanib, ular uchinchi bosqichda mamlakatimiz qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlarga oid bilimini namoyish etdi hamda yakuniy bosqichda qatnashadigan jamoalar aniqlandi.

Tanlov shartlariga muvofiq, ishtirokchilar o‘z ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoit, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushunchalarini bayon etdi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan takliflar ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun va kodekslarga oid bilimlari savol-javob orqali sinovdan o‘tkazildi. Jamoalar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlarida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni turli yot oqimlar ta’siridan asrash masalalari aks etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining “Istiqlol qanotlari” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Jizzax pedagogika instituti qoshidagi 2-akademik litseyning “Status” va Qashqadaryo viloyati Nishon sanoat va energetika kollejining “Miranda” jamoalari keyingi sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 641






Все о погоде - Pogoda.uz