Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.05.2018 18:34 Chop etish versiyasi

Bir guruh haydovchilar qoidabuzarliklari sayyor sudda ko‘rib chiqildi

Bir guruh haydovchilar qoidabuzarliklari sayyor sudda ko‘rib chiqildi Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘rta Chirchiq va Bekobod tumanlarida o‘tkazilgan navbatdagi profilaktika tadbirlarida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy javobgarlikka tortish bayonnomalari asosida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sud majlisida joriy yil 24 fevral kuni o‘zining boshqaruvidagi avtomashinani spirtli ichimlik iste’mol qilib boshqargan, bir qator qoidalarni buzgan Nurafshon shahrida yashovchi O.Rahimovga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun 1 yil 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Sud majlisi yakuniga ko‘ra, O‘rta Chirchiq va Bekobod tumanlari bo‘yicha yuqoridagi kabi 65 ish hujjatlari ko‘rib chiqilib, 3 nafar haydovchiga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi, 20 nafar haydovchi ma’lum muddatlarga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi.

Ushbu tadbirlarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad – har qanday huquqbuzarliklarga jazo muqarrarligini aholiga tushuntirish, ular o‘rtasida qonunga hurmat ruhini shakllantirish, sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror toptirishdir.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 178