Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.06.2018 14:55 Chop etish versiyasi

Qoida buzgan haydovchilar endi jazodan qutilib qololmaydi

Qoida buzgan haydovchilar endi jazodan qutilib qololmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmatidan ma’lum qilishicha, 28 may – 3 iyun kunlari respublika avtomobil yo‘llarida jami 140 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada 144 fuqaro jarohat olgan.

O‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 84 ming 995 qoidabuzarlik aniqlangan.

Xo‘sh, ularning tavsifi qanday, qoidabuzarliklarning qaysi turi eng ko‘p sodir etilmoqda? Xabarda bu haqda ma’lumot berilgan.

Xususan, eng ko‘p qoidabuzarlik xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanish holatida qayd etilgan. O‘tgan haftada 15 ming 373 haydovchi bu talabga amal qilmagan. Navbatda belgilangan tezlik talabini buzgan 11 ming 433, odam tashish qoidasiga amal qilmagan 11 ming 690 haydovchi qoidabuzarlar safida yetakchilik qilmoqda.

1038 haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini buzgan, 1032haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 456 haydovchi transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan, 827 haydovchi harakat vaqtida telefondan foydalangan.

Bu kabi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilgan.

O‘zA
1 668