Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 13:30 Chop etish versiyasi

Qog‘oz ishlab chiqarish istiqbollariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida tashkil etilgan seminarda selluloza va yog‘ochsozlik sohasi olimlari, qog‘oz ishlab chiqaruvchi, matbaa korxonalari rahbarlari va texnologlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda qog‘oz ishlab chiqarishning holati, qog‘oz sanoatini rivojlantirish istiqbollari, matbaa korxonalari va iste’molchilarni mahalliy ofset qog‘ozi bilan ta’minlash yo‘llari, mahalliy ikkilamchi tolali materiallardan olinadigan qog‘ozning bosma texnik xususiyatlari kabi masalalar kun tartibiga qo‘yildi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev ta’kidlanganidek, bugungi kunda tashkilot tomonidan ro‘yxatga olinib, davlat reyestriga kiritilgan ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 1 ming 564 tani tashkil etsa, ularning 1000 dan ortig‘i davriy bosma nashrlardir. Nashriyotlarimiz tomonidan yiliga 3 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 60 million nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda. Shundan kelib chiqib, qog‘ozga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi qog‘oz xomashyosiga bir yillik ehtiyoj jami 350 ming tonna bo‘lsa, shundan 120 ming tonnadan ziyodi ofset va gazeta qog‘ozidir. Kitob, jurnal, gazeta, o‘quv daftari, ofis qog‘ozi va boshqa oq qog‘oz va bosma mahsulotlari aynan ofset va gazeta qog‘ozidan ishlab chiqariladi.

Anjumanda qog‘oz ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolardan keng foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, topinambur va terakdan olinadigan selluloza bu borada eng maqbulidir.

– Korxonamiz soha olimlari va mutaxassislari bilan hamkorlikda topinambur poyasidan selluloza olish loyihasi ustida ish olib bormoqda, – deydi “TOPINAMCELL” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Yunus Sodiqov. – Loyiha amaliyotga joriy qilingach, mamlakatimizdagi qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalarga xomashyo yetkazib beriladi, shuningdek, selluloza eksportini yo‘lga qo‘yish imkoni tug‘iladi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 753






Все о погоде - Pogoda.uz