O‘zA O`zbek

01.08.2018 10:33 Chop etish versiyasi

Qodiriya GES kaskadini modernizatsiya qilish boshlandi

Qodiriya GES kaskadini modernizatsiya qilish boshlandi

Qariyb 85 yildan buyon ishlayotgan to‘rtta agregat ishlash quvvatini yo‘qotib, ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgan edi.

IMG_6617.JPG

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati amalga oshirayotgan investitsion loyihalar orasida Qodiriya GES kaskadini (GES-3) modernizatsiya qilish ham nazarda tutilgan. “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi hozirda modernizatsiya va qurilish ishlarini boshlab yubordi.

Qayd etish joizki, 1933 yilda qurilgan bu GESning umumiy quvvati 13,2 mVtdan iborat. Hozirga kelib, qariyb 85 yildan buyon ishlayotgan to‘rtta agregat ishlash quvvatini yo‘qotib, ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgan edi.

GES-3da modernizatsiya ishlarini “O‘zbekgidroenergoqurilish” jamiyati, bu jarayonda ishlatiladigan zarur jihozlarni “Suvsanoatmash” jamiyati yetkazib bermoqda. Loyihalash ishlarini esa “Gidroproyekt” jamiyatining malakali mutaxassislari bajarmoqda.

O‘zA
2 500