O‘zA O`zbek

01.08.2018 10:14 Chop etish versiyasi

Qo‘y go‘shtining narxlarida qiziq holat – eng qimmat narxlar Surxondaryoda!

Qo‘y go‘shtining narxlarida qiziq holat – eng qimmat narxlar Surxondaryoda!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi respublika bo‘yicha uyushgan savdo majmualari hamda dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining o‘rtacha narxi 36 533 so‘m. Eng arzon narxlardagi mol go‘shti Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida 33 ming so‘m, Surxondaryo, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlari bozorlarida esa o‘rtacha 34 ming so‘mdan sotilmoqda. Eng qimmat narxlar esa Toshkent shahar bozorlarida kuzatildi – 40 ming so‘m atrofida.

Qo‘y go‘shtining narxlarida esa qiziq holat – eng qimmat narxlar Surxondaryoda! 1 kg. qo‘y go‘shti 39 ming so‘mdan yuqori. Eng arzon narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (29 ming), Navoiy, Buxoro viloyatlari bozorlarida (32 ming so‘m) sotilmoqda. Poytaxtda 1 kg. qo‘y go‘shti 38 ming so‘m atrofida sotilyapti.

Guruchni ham respublika bozorlarida turli narxlarda uchratish mumkin. Masalan, o‘rtacha narx 7523 so‘m bo‘lsa, eng qimmat narx 8 ming so‘mdan yuqori (Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari) narxlarda. Eng arzon narxni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida (5 ming so‘m) uchratish mumkin.

O‘simlik moyi narxlarida uncha katta bo‘lmagan tafovut kuzatilsa-da, biroq Surxondaryo viloyatida 11 ming so‘mdan yuqori narxlarda sotilmoqda. Vaholanki, respublika bo‘yicha uning o‘rtacha narxi 10154 so‘m. Boshqa hududlarda 9 – 10 ming so‘m atrofida sotilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha uyushgan savdo majmualari
 hamda dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining 
o‘rtacha narxlari to‘g‘risida ma’lumot

(2018-yil 27-iyul holatiga)

(1 kg, so‘mda)

01.JPG
02.JPG

O‘zA
2 536