O‘zA O`zbek

20.05.2019 Chop etish versiyasi

Qo‘shni qo‘shnisini tunadi

Qo‘shni qo‘shnisini tunadi

Konimex tumani “Guliston” MFY, “Urganji” qishlog‘ida yashovchi D.S (ism-sharifi o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida 2019 yil 12 may kuni soat taxminan 11:20 larda o‘zining yon qo‘shnisi bo‘lgan K.B uyida hech kim yo‘qligidan va qulay vaqtdan foydalanib, devordan oshib o‘tadi-da, o‘yning yotoqxonasi eshigi qulfini buzib kiradi. 

Qo‘shnisining yotoqxonasidan 1 million 550 ming so‘m pullarini va 8 million 500 ming so‘m ayollar tilla taqinchoqlarini olib, ya’ni qo‘shnisiga jami 10 million 50 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

D.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati.

966
O‘zA