O‘zA O`zbek

20.09.2018 12:49 Chop etish versiyasi

Qoʻshni davlatlardan tovar olib kirishni chegaralash taklif etilmoqda

Qoʻshni davlatlardan tovar olib kirishni chegaralash taklif etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qoʻshni mamlakatlardan tovar olib kirishni yanada chegaralash taklif etilmoqda.

“Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil (piyoda), temiryoʻl va daryo oʻtkazish punktlarida tovarlarning olib oʻtilishini tartibga solish maqsadida, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi jismoniy shaxslarga bir turdagi maishiy texnika vositalarini har 6 oyda 1 donadan ortiq olib kirishni taqiqlash taklif etilgan.

Jumladan, har kuni 2 kilodan olib kirilishi mumkin boʻlgan, asosan oziq-ovqat tovarlarini, endi har oyda (har bir turi boʻyicha) 2 kilogrammdan oshirmagan holda 10 kilogacha olib kirishga ruxsat berilishi belgilangan.

OʻzA
1 503