O‘zA O`zbek

03.03.2020 Chop etish versiyasi

Qoʻqondan Andijonga 7 ming soʻmga yetib borasiz...

Qoʻqondan Andijonga 7 ming soʻmga yetib borasiz... Qoʻqon temir yoʻl vokzalidan “Qoʻqon – Andijon – Qoʻqon” yoʻnalishida zamon talablari asosida jihozlangan elektrichka yangi jadval asosida shaharlararo qatnovini boshladi.

Endilikda “Qoʻqon – Margʻilon – Andijon” yoʻnalishi boʻyicha har kuni ikkitadan elektropoyezd yoʻlovchilarga xizmat qiladi. Aholiga transport xizmatida qulaylik yaratish muhim vazifalardandir. Kapital rekonstruksiya ishlaridan soʻng Andijon va Fargʻona viloyati aholisi uchun mazkur elektropoyezd qatnovini boshladi. Zamonaviy elektropoyezdda yoʻlovchilar uchun barcha sharoitlar mavjud.

Oʻrindiqlar yumshoq, qishda issiq, yozda salqin harorat taʼminlanadi. Oʻrnatilgan monitorda yoʻlovchilar manzilga yetgunga qadar konsert dasturlarini tomosha qilib, yangiliklardan ham xabardor boʻladi.

Ertalabki soat 06:22 da Qoʻqon vokzalidan chiqqan poyezd soat 9:03 da Andijon vokzaliga yetib keladi. Masofaning umumiy uzunligi 136 kilometrni tashkil etib, elektropoyezd bu yoʻlni 2 soat-u 45 daqiqada bosib oʻtadi. Shuningdek, tushdan soʻng 14:50 da ikkinchi poyezd yoʻlga tushadi.

Poyezd oʻz yoʻlida 9 ta bekatda toʻxtab oʻtadi. Muhimi chiptalar hamyonbop – Oltiariqqa qadar 3000 soʻm, Quva va Margʻilongacha 5000 soʻm, Qoʻqondan Andijonga esa 7000 soʻmni tashkil etadi.

1 534
M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), OʻzA