O‘zA O`zbek

22.09.2019 Chop etish versiyasi

“Qoʻqon shamoli” taqdimoti

“Qoʻqon shamoli” taqdimoti

“Oʻzbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan tarixiy mavzudagi “Qoʻqon shamoli” badiiy filmi suratga olindi.

Poytaxtimizda oʻtkazilgan filmning ommaviy axborot vositalari va mutaxassislar uchun taqdimotida “Oʻzbekkino” milliy agentligi rahbariyati, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutasaddilari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda turli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini “Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Rejissyor Dilmurod Masaidov hamda film ijodkorlari sahnaga taklif etilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

“Dilshoh” kinostudiyasida suratga olingan “Qoʻqon shamoli” tarixiy-badiiy filmi namoyishini tomoshabinlar olqishlar bilan kutib oldi. Qoʻqon xonligining XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, oʻsha davr chigalliklari, Qoʻqon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan olingan tarixiy jarayonlarga rejissyor tomonidan berilgan badiiylik hamda aktyor va aktrisalar mahorati muxlislarda katta taassurot qoldirdi.

3 109
Mohigul Qosimova, OʻzA