O‘zA O`zbek

17.09.2018 16:59 Chop etish versiyasi

Qoʻngʻirot-Beynov yoʻli orqali Oʻzbekiston Yevropaga chiqadi

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlarʼʼ mavzusida boʻlib, joriy yil 20-21 sentyabr kunlari mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiyaga bagʻishlandi.

Unda Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi Abdurahmon Abdullayev soʻzga chiqib, mamlakatimizda transport-kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlum qildi. Uning aytishicha, mamlakatimiz kelgusida Qoʻngʻirot-Beynov yoʻli orqali Qozogʻiston va Rossiyaga, soʻng Yevropa davlatlariga chiqishi mumkin.

Bugungi kunda Oʻzbekistondagi milliy magistral yoʻli qisqa yoʻllardan xoli holda, jami 2 ming 306 kilometrni tashkil etadi.

Dilobar Mamatova, OʻzA
1 105