Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.04.2018 15:17 Chop etish versiyasi

Qo‘lbola simyog‘ochlar o‘rniga temir beton simyog‘ochlar o‘rnatildi

Qo‘lbola simyog‘ochlar o‘rniga temir beton simyog‘ochlar o‘rnatildi Ulug‘nor tumani “Guliston” mahallasi hududidagi Kelajak sari va Izzat ko‘chalarida ancha yillardan buyon elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz va nosoz holatga kelib qolgan, o‘tkazish quvvatlari me’yor darajasida emas, kuchlanish past edi.

Simyog‘ochlar qo‘lbola usulda yasab olingan va xavfsizlik qoidalariga amal qilinmayotgandi. Boz ustiga, 205 ta xonadon bitta transformatordan foydalanar, bu esa belgilangan me’yoridan ikki barobar ko‘proq yuklamani tashkil qilardi.

Respublika ishchi guruhining aniq tavsiyalari bilan bir kun o‘tmay ko‘lamdor montaj ishlari boshlandi.

01.JPG 

2,2 kilometr uzunlikda elektr tarmoqlari tortildi. Eski simyog‘ochlar olib tashlandi. Uzunligi 11 metr bo‘lgan 10 dona 10 kilovatli, 9,5 metrli 50 dona 0,4 kilovatli temir beton simyog‘ochlar o‘rnatildi. Yangi 100 kilovolt-amperli transformator o‘rnatilishi natijasida elektr yuklamasi hajmi me’yorlashdi, yetkazish sifati yaxshilandi, bu yerdagi 100 xonadon xavfsiz va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Bir kunda jami 220 million so‘mlik ishlar bajarildi.

Ulug‘nor tumani elektr tarmoqlari korxonasi 2018 yilda 28 kilometrlik tarmoq tortishni rejalashtirgan. Ishchi guruhi faoliyati doirasida esa mahallalarda 10 km.lik elektr tarmoqlari tortildi va 3 ta yangi transformator o‘rnatildi.

O‘zA
3 449