O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Qoʻchqor Norqobil: dunyodagi barcha kashfiyotlarning onasi – kitob

Qoʻchqor Norqobil: dunyodagi barcha kashfiyotlarning onasi – kitob

#Men_kitob_mutolaasi_bilan_bandman #chellenj i davom etadi. Navbatdagi qatnashchi taniqli shoir, drammaturg Qoʻchqor Norqobil va uning oilasi.

– Dunyodagi barcha kashfiyotlarning onasi – kitob. Shuning uchun ham u insoniyatning eng buyuk kashfiyoti, deya eʼtirof etiladi.

Kitob inson ruhiyati, dunyoqarashi va tafakkurini nurlantiradi. Dunyoqarash, tafakkur, ruhiyat nurlangandan keyin hech qanday kuch, hech qanday yovuzlik qalb eshigini ochib kirolmaydi.

Insoniyatning eng buyuk tarbiyachisi ham kitobdir. Biz bugun qanday yutuqlarga, qanday yaxshiliklarga erishgan boʻlsak kitob tufaylidir. Biz qanday qyinchiliklarga, qanday muammolarga duch kelgan boʻlsak barchasi kitobsizlik ortidandir.

Kishi kitob mutolaasidan yiroqlashib qolishdan qoʻrqib yashashi kerak. Qolgani risoladagidek davom etaveradi. Farzandi va yaqinlariga kitob mutolaasini targʻib qilish, bu – ezgulik ulashishning bir koʻrinishi.

1 154
OʻzA