Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 19:30 Chop etish versiyasi

Qizlarga sport kiyimlari topshirildi

Qizlarga sport kiyimlari topshirildi Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘quvchi-qizlariga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Sodiqova va boshqalar mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yurtimizda muhtasham sport inshootlari bunyod etilib, zamonaviy jihozlanmoqda. Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida uch bosqichli sport musobaqalari o‘tkazish izchil yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Viloyatdagi 4 ming 657 sportchi qizga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan sport kiyimlari topshirildi. Sportchi qizlar o‘z quvonchi va minnatdorligini ko‘rgazmali chiqish va badiiy dasturlar orqali namoyon etdi.

– Suzish sporti bilan muntazam shug‘ullanaman, – deydi Navoiy shahridagi 18-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Zebiniso Karimova. – Prezidentimiz sovg‘asini olganimdan juda xursandman. Kelajakda suzish bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni bo‘lish, yurtimizni xalqaro miqyosda sharaflash mening oliy maqsadimdir.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
2 849






Все о погоде - Pogoda.uz