O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

“Qizlar ovozi” platformasi orqali viloyatlarda muammolarni bartaraf etish loyihalari uchun grantlar ajratiladi

“Qizlar ovozi” platformasi orqali viloyatlarda muammolarni bartaraf etish loyihalari uchun grantlar ajratiladi

Farg‘ona viloyatida 1 million 800 dan ziyod xotin-qizlar bo‘lib, 82 ming 741 nafari turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. 97 nafar faxriy orden va medal sohibalari va 22 nafar Zulfiya mukofoti sovrindorlari bor. Bugungi kunda 406 ming 849 nafar qizlar “Qizlarjon” klubiga to‘liq qamrab olingan.

Farg‘onada o‘tkazilgan “Qizlar ovozi” forumida xotin-qizlari baxtli bo‘lgan davlat har doim taraqqiy etaverishi alohida ta’kidlandi.
Anjumanda faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Qizlar ovozi” platformasining maqsadi hamda vazifalari nimalardan iborat ekanligi, yo‘nalishlari va rejalari xususida so‘z yuritildi. 

Shahar va tumanlarda iqtidorli, tashabbuskor qizlar ko‘plab topiladi. Oltita yirik loyihadan iborat “Qizlar ovozi” platformasi orqali har bir viloyatda turli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalar uchun grantlar ajratiladi.

– Qizlar siyosati, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli qator qonunlar va normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Ularning jamiyatdagi o‘rni mustahkamlanmoqda, – deydi Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilafro‘z Qosimova.

Forumda xotin-qizlar sohasidagi islohotlar, muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.


393
M. Sulaymonov, O‘zA