Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.10.2017 17:58 Chop etish versiyasi

“Qiz bola – bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” shiori ostida qizlar festivali bo‘lib o‘tdi

“Qiz bola – bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” shiori ostida qizlar festivali bo‘lib o‘tdi Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan festivalda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, faol, tashabbuskor yoshlar va mahallalardagi uyushmagan yoshlar vakillari ishtirok etdi.

– Yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, bilim olish va kasb-hunar egallashga qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazilgan festivalda qizlar faol ishtirok etdi, –deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri M.Nizomova. – Festival tadbirlari qizlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga yaqindan yordam berdi.

Festival doirasida ijodkor qizlarning nazm, nasr, amaliy san’at, hunarmandlik va tasviriy san’at yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tinchlik, obodlik, baxtli bolalik, betakror tabiatimizning go‘zal manzaralarini aks ettirgan asarlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

3.JPG

Viloyatdagi taniqli shoir-yozuvchilar ishtirokida “O‘zbek ayollarining tarixiy siymolariga munosib izdosh bo‘laylik” mavzusida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv, “Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va reproduktiv salomatlik”, “Yoshlarning turli g‘oyaviy tahdidlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish – muhim masala” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Qizlar ko‘proq kitob o‘qisin” mavzusidagi tadbirda ishtirokchilar kitobning inson hayotidagi o‘rni, ma’naviyatimizni yuksaltirishdagi ahamiyati xusida atroflicha so‘z yuritdi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz