Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 15:59 Chop etish versiyasi

Qishloqlarda bayram tadbirlari

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar Jizzax viloyatining ham barcha shaharu qishloqlarida, mahalla va muassasalarida o‘tkazilmoqda.

Do‘stlik tumanidagi Bog‘zor qishlog‘ida turli millat vakillaridan iborat 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Xotin-qizlar bayrami, Navro‘z shodiyonalariga tayyorgarlik asnosida ko‘cha va xonadonlar, jamoat joylarida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tufayli qishloq yanada chiroy ochmoqda.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda o‘zining mehnatdagi, ijod va sportdagi muvaffaqiyatlari, jamoat ishlaridagi faolligi, shuningdek, farzand tarbiyasi bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan ayollarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Tuman hokimi A.Bobobekov, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Qudratova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan ezgu g‘oya hayotga izchil tatbiq etilib, qishloq ayollarining turmush sharoitini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Qishlog‘imiz yildan-yilga obod, turmushimiz farovon bo‘lib borayotir, – deydi hamshira G.Azizova. – Shunday osoyishta, odamlari ahil-inoq yurtga bayramlar yarashadi. Buni o‘z hayotimiz misolida ko‘rib turibmiz.

Bayram tadbirida fermerlik va tadbirkorlikda, ijod va sportda muvaffaqiyatlarga erishayotgan xotin-qizlarga, namunali uy bekalari va mo‘tabar onaxonlarga tuman hokimligi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tumandagi “Do‘stlik chamani” ashula va raqs xalq ansamblining bayram konserti ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tashqul Beknazarov, O‘zA
433






Все о погоде - Pogoda.uz