O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Qishloq xo‘jaligi vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmatining boshlig‘i Xo‘jaeva Nigora Sherxonovna Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va bunda o‘zining avvalgi lavozimini saqlab qoladi. 

N.Xo‘jaeva 1982 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Samarqand Davlat universitetini, 2008 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika fakultetini tugatgan. Jurnalistika sohasida 2002 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

501
O‘zA