O‘zA O`zbek

16.09.2020 Chop etish versiyasi

Qishloq xoʻjaligi vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Qishloq xoʻjaligi vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Qishloq xoʻjaligi vazirligida oʻtkazilgan yigʻilishda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini yana-da oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yigʻilishda sohaga doir tayinlovlar ham amalga oshirildi.

Unga koʻra, Roʻzmetov Maksud Ismailovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining Yerlardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

photo_2020-09-16_14-28-57.jpg

Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

photo_2020-09-16_14-28-58.jpg

Mirzayev Shuhrat Shaxabutdinovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining Moliyaviy va iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

photo_2020-09-16_14-28-58 (2).jpg

885
O'zA