O‘zA O`zbek

24.08.2018 18:38 Chop etish versiyasi

Qishloq aholisini qanday masala qiynayotgan edi?

Qishloq aholisini qanday masala qiynayotgan edi? “Obod qishloq” dasturi nafaqat qishloqni obod etishga qaratilgan, balki qishloq aholisini oʻz yechimini topmay kelayotgan muammolarini ham oʻrganib, hal etishga qartilgani bilan ham ahamiyatlidir

Qishloqdakoʻpchilik yurtdoshlarimizni qiynab kelayotgan masala, yaʻni oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqi berish tartibini belgilab berishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʻtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini taʻminlash chora-tadbirlari haqida”gi qarori qabul qilinishi muhim hujjat boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boshqarmasi tomonidan 2018 yil 23 aprelda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan tumandagi Naymankul va Kenegas ovul fuqarolar yigʻini hududida huquqiy targʻibot ishlari va aniqlangan davlat xizmatlariga bogʻliq boʻlgan muammolarni sayyor davlat xizmati orqali hal etish tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Mazkur hududlarga biriktirilgan sektor ishchi gruhidan olingan maʻlumotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, qishloq ahli tomonidan murojaatlarning deyarli barchasi xanodoniga mulk huquqini belgilash va turar joyiga kadastr hujjatini tayyorlash masalasida boʻlgan.

Shu boisdan, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan mazkur qishloqlarning markazida joylashgan ovul fuqarolar yigʻini imoratida qishloq ahli bilan 6 marotabauchrashuv tashkil etildi va davlat xizmatlariga oid 1000 dan ortiq huquqiy axborot beruvchi buklet tarqatildi.

Tadbir davomida tashkil etilgan uchrashuvlarda qishloq ahli tomonidan kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan va turar joyga nisbatan mulk huquqi eʻtirof etish boʻyicha bildirilgan 187 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmati koʻrsatildi vaarizalari qabul qilib olindi.

– Xonadonimizni rasmiylashtirish va kadastr hujjatini tayyorlash boʻyicha boshqa tashkilotlarga bir necha bor murojaat etdim, – deydi Naymankul ovul fuqarolar yigʻini fuqarosi Mammud Rejepov. – Ammo natija boʻlmagach, xafsalam pir boʻlgan. Bugun Davlat xizmatlari markazi xodimlari oʻzlari tuman markazidan qishlogʻimizga kelgan holda mana shunday uchrashuvlarni tashkil etib, turar joyimizning uy-hujjatlarini rasmiylashtirish uchun arizamni qabul qilishdi. Bunday gʻamxoʻrlikdan koʻnglim togʻdek koʻtarildi.

Qishloqlardagi sayyor tartibda Davlat markazlari xizmatlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari ishlardan aholi mamnun boʻlishmoqda. Zero, “Obod qishloq” dasturi nafaqat qishloqni obod etishga qaratilgan, balki qishloq aholisini oʻz yechimini topmay kelayotgan muammolarini ham oʻrganib, hal etishga qartilgani bilan ham ahamiyatlidir.

A.Orazimbetov,
Davlat xizmatlari agentligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi
Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi boʻlimi boshligʻi

2 491