O‘zA O`zbek

10.09.2020 Chop etish versiyasi

Qirgʻiziston prezidenti oʻzbek-qirgʻiz korxonasiga tashrif buyurdi

Qirgʻiziston prezidenti oʻzbek-qirgʻiz korxonasiga tashrif buyurdi

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarish boʻyicha Qirgʻiziston-Oʻzbekiston kelishuvi asosida ochilgan qoʻshma korxona ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.

Qorasuv tumanidagi “Artel Elektroniks” qirgʻiz-oʻzbek qoʻshma korxonasi ishlab chiqarishni oshirish, mahsulot eksportini yoʻlga qoʻymoqchi. Ana shunda hozirda 105 kishini ish bilan taʼminlagan korxonada yana yuzga yaqin ish oʻrni yaratiladi.

Bugun,Sooronbay Jeenbekov Oʻsh viloyatiga safari doirasida ushbu korxonaga tashrif buyurdi.

photo_2020-09-10_18-54-19.jpg

Tijorat direktori Orozbay Otajonov korxona 2018-yildan buyon ishlab kelayotgani va maishiy texnika ishlab chiqarish, xususan, kir yuvish mashinalarini yigʻish bilan shugʻullanayotgani haqida maʼlumot berdi.

Korxonada har oyda 900 ga yaqin kir yuvish mashinasi ishlab chiqariladi va ichki bozorda sotiladi. 2022-yilda gaz plitalarini, 2023-yildan esa televizorlar va muzlatgichlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Prezident Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston eng yaqin qoʻshni davlatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

photo_2020-09-10_18-54-26.jpg

Davlat rahbari mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan qoʻshma sanoat korxonalarini yaratish orqali oshirish zarurligini maʼlum qildi. Prezident mehnat jamoasi bilan suhbatda korxonaning har bir xodimi uning rivojlanishidan manfaatdor boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

U korporativ boshqaruvning yapon uslubini misol qilib keltirdi, bunda barcha xodimlar oʻzlari ishlayotgan korxonaga oʻzlarining shaxsiy mulki sifatida qarashadi.

Qayd etish kerakki, Qirgʻiziston bojxona toʻsiqlari va bojlarsiz mahsulot yetkazib berish mumkin boʻlgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga kirish imkoniyatiga ega.

photo_2020-09-10_18-54-33.jpg


3 798
OʻzA