O‘zA O`zbek

01.08.2018 21:29 Chop etish versiyasi

“Qirg‘iziston – O‘zbekiston yoshlar forumi”: Yoshlar ittifoqi O‘zbekiston yoshlariga dunyo eshiklarini ochishda davom etadi!

“Qirg‘iziston – O‘zbekiston yoshlar forumi”: Yoshlar ittifoqi O‘zbekiston yoshlariga dunyo eshiklarini ochishda davom etadi! O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi soat sayin o‘sib borayapti. Bunga shubha yo‘q. Tabiiyki, mamlakatimiz Prezidentining to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan odilona siyosati bu borada muhim me’zon bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar bugunning o‘zida ijobiy samarasini bera boshladi. Yoshlar dunyoni ko‘rib, tajriba va malaka oshirmoqda.

Joriy yilning 25-28 iyul kunlari ham Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati qoshidagi yoshlar, jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha Davlat agentligi vakillari ishtirokida “Qirg‘iziston – O‘zbekiston yoshlar forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi 10 nafardan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

photo5409061570857773408 (1).jpg

Forum doirasida ikki davlatning chegaradosh hududlari vakillari ishtirokida chegaradosh viloyatlar, tumanlar hamkorligi masalalari mukokama etildi hamda sport, madaniyat, turizm kabi sohalarda aloqalarni amalga oshirish bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Forum yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati qoshidagi yoshlar, jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha Davlat agentligi o‘rtasidagi imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumi doirasida “Ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi” imzolandi.

Endilikda ikki davlat yoshlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida turli tadbirlar, forum va festivallar, davra suhbatlari o‘tkazish belgilab olindi.

photo5409061570857773409.jpg

Safar davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiya a’zolari Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida joylashgan madaniy maskanlar va turistik hududlarni ziyorat qilishdi.

Ma’ulmot o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xalqaro aloqalar va yoshlar turizmini rivojlantirish yo‘nalishida bugungi kunga qadar Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tukrmaniston, Hindiston, Germaniya, Ozarbayjon, Turkiya, AQSH, Belorusiya kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. 21 marotaba xorijiy safarlar amalga oshirilib, 490 nafar yoshlar yetakchilar xalqaro tajriba almashish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, YUNISЕF, YUNЕSKO, Jahon banki, SHHT, MDH, TIKA, BMTTD, Konrad Adenauer nomidagi fondi va boshqa kabi xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi va bir necha uchrashuv, davra suhbatlari va konferensiyalar tashkillashtirildi.O‘zbekiston yoshlar ittifoqining strategik hamkorlari bilan 8 ta anglashuv memorandumi imzolandi.

Gulchehra Ashurova

O'zA
4 585