O‘zA O`zbek

10.07.2018 17:00 Chop etish versiyasi

Qing‘irlik fosh etildi

Tegishli tartibga muvofiq, respublikamizda jismoniy shaxslar bojxona chegaralari orqali shaxsiy foydalanish uchun turli nomdagi 10 tagachava har biri 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori preparatlari hamda 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlarni olib kirishlari yoki olib chiqishlari mumkin.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara- bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan X.Yu.ning qing‘ir qilmishlari fosh qilindi.

Ushbu ayol xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, ayolyubkasining ichki qismidan xufyona tikilgan cho‘ntaklarga yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 2 turdagi 80 konvalyutada “Amaril” nomli, 20 ta shisha idishlarda “DOSTINEX” nomli tabletkalar va 6 ta shprisga tortilgan tayyor xolda “CLEXANE” nomli (insulin) dori vositalarining yashirincha olib kirayotganligi fosh qilindi. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati salkam 9,5 million so‘mni tashkil qildi.

Xuddi shunday holat mazkur post orqali harakatlanayotgan fuqaro R.M. tomonidan ham sodir etildi. ushbu ayol xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, ichki kiyimlariga tikilgan xufyona cho‘ntaklarda 4,2 million so‘mlik xuddi shu dori vositalaridan yashirincha olib o‘tayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘zA
4 447