O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Qilgan ishimdan juda ham afsusdaman…

Qilgan ishimdan juda ham afsusdaman…

Prezidentimizning “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslar afv etildi. Ularning orasida Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 10 nafar fuqaro ham bor.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining OʻzA muxbiriga maʼlum qilishicha, afv etilgan shaxslarning 1 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 4 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 5 nafarining esa tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari ikkidan bir qismiga qisqartirildi.

Inson hayotda bilib bilmay xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin. Agar u qilgan qilmishini tan olib, astoydil pushaymon boʻlsa kechiriladi. Ana shunday huquqbuzarlik va jinoyat yoʻliga adashib kirgan, sodir etgan qilmishidan chin koʻngildan afsuslanganlar orasida Beruniy tumanidan Islom Sultanov ham bor.

– Cahovat va muruvvat oyi, muborak Ramazon ayyomi bu yil menga qoʻshaloq quvonch olib keldi, – deydi Islom Sultanov. –Rossiya Federatsiyada ishlab yurganimda yoshlik qilibmi, bilib-bilmay jinoyat yoʻliga kirib qoldim. Bundan judayam afsusdaman. Farmon bilan bayram arafasida uyga, oilam bagʻriga qaytdim. Buning uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman.

Darhaqiqat, bir guruh hamyurtlarimizning oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytgani xalqimizga xos mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi boʻldi.

733
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA