Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.11.2017 17:57 Chop etish versiyasi

Qidiruvdagi 21 shaxs ushlandi

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida doimiy ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 26-oktabridan 2-noyabriga qadar hududda sodir etilgan 136 jinoyatning 122 tasi fosh etilib, tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. Odam savdosi, avtotransport vositasini olib qochish, firibgarlik, o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etib, sud va tergovdan qochib yurgan 21 nafar shaxs ushlandi.

– Aniqlanmagan 11 jinoyat bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda, – deydi viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i M.Rashidov. – Chinoz va Yuqori Chirchiq tumanlarida badanga og‘ir shikast yetkazish va avtotransport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar fosh etildi. Bekobod tumanida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, firibgarlik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi. Ushbu holatlar yuzasidan aybdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan tadbir va uchrashuvlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot va tushunchalar berilmoqda.

Viloyatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Hafta davomida hududda mast holda transport vositasini boshqarish, belgilangan tezlikni oshirish, chorraha va svetofordan o‘tish, odam tashish qoidasini buzish kabi 4 ming 863 yo‘l-transport hodisasi aniqlanib, aybdorlarga qonun doirasida tegishli choralar ko‘rildi.

Soha xodimlari tomonidan transport vositalari serqatnov bo‘lgan avtomobil yo‘llarida belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarliklarini aniqlash ishlari kuchaytirildi. Viloyatdagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalarida ham o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini tushuntirish bo‘yicha tizimli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 885






Все о погоде - Pogoda.uz