Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2017 14:47 Chop etish versiyasi

Qaynona oqila, adolatli bo‘lishi kerak

Qaynona oqila, adolatli bo‘lishi kerak Namanganda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Adolatli qaynona” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Partiya viloyat kengashi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tumanlardan saralangan 12 ishtirokchi oila va mahallada topgan obro‘-e’tibori, mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari va ularning omillari, ijtimoiy-siyosiy bilimi va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini namoyish etdi.

Birinchi o‘rin va mamlakat bosqichida qatnashish huquqini Chortoq tumani vakili Hamroxon Eminoxunova qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni to‘raqo‘rg‘onlik Mavluda Roziqova, Namangan tumanidan Bashorat Hayitboyeva egalladi.

80 yoshni qoralagan Hamro buvi hayotini yetti o‘g‘il-qizni tarbiyalashga bag‘ishlagan ibratli oila bekasi, besh kelin, ikki kuyovning mehrini, hurmatini qozongan qaynona.

– Qaynona bir vaqtlar o‘zi ham yosh kelin bo‘lganini, kelin esa bir kun kelib qaynona bo‘lishini unutmasligi kerak, – deydi Hamro buvi. – Erkak oilaning ustuni, ular bizga farovon turmush uchun sharoit yaratadi. Ayollar, ayniqsa, qaynonalar xonadondagi ma’naviy muhitga, ayniqsa, yosh oilalarning mustahkamligi, ahilligiga mas’uldir. Shuning uchun ko‘p narsa ularning oqilaligi va ishning ko‘zini bilishiga, har qanday holatda ham adolatli bo‘lishiga bog‘liq. 

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
1 037






Все о погоде - Pogoda.uz