O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Qashqadaryoda yo‘ldan adashgan sayyohga qanday ko‘mak ko‘rsatildi?

Qashqadaryoda yo‘ldan adashgan sayyohga qanday ko‘mak ko‘rsatildi?

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari kundalik xizmatni olib borayotganlarida bir xorijiy fuqaro ularga murojaat qildi.

Xodimlar ushbu fuqaro bilan suhbatlashish jarayonida uning 1964 yilda tug‘ilgan Chexiya Respublikasi fuqarosi Tomas Prey ekanligini, u sayohat qilish maqsadida Samarqand shahridan Shahrisabz shahriga turistik guruh bilan kelib, Shahrisabz shahridagi sayohatidan so‘ng adashib qolib, o‘z guruhidan qolib ketganligini aniqlashdi. 

Shundan so‘ng xodimlar tomonidan olib borilgan amaliy tadbirlar natijasida Tomas Prey bilan birga kelgan guruh Kitob tumani hududida harakatlanib ketayotganligi qisqa muddatda aniqlandi va Tomas Prey o‘zining hamrohlari oldiga yetkazildi. 

“Sizlardan juda minnatdorman, bu yerda birgina sayyoh uchun shuncha xodimlarning jon kuydirishi meni lol qoldirdi”, deb o‘zining hayratini yashirolmadi Tomas Prey. 

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari kundalik xizmat faoliyati davomida xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlab, ularga o‘z amaliy yordamlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

Qashqadaryo viloyati
IIB Xavfsiz turizmni
ta’minlash boshqarmasi

514
O‘zA