Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.06.2018 10:27 Chop etish versiyasi

Qashqadaryoda shu oyda 149 tonna qovun eksport qilindi

Qashqadaryoda shu oyda 149 tonna qovun eksport qilindi
Joriy yilning o‘tgan davrida Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan 14 ming 575 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.

Mahsulotlardan olma, gilos, pomidor, piyoz, karam va ko‘kat mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi, Koreya, Latviya, Qozog‘iston kabi o‘n beshdan ziyod davlatlarga eksport qilindi.

Ayni kunda ham vohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti avjida bo‘lib, viloyatning Koson, Chiroqchi, Mirishkor va G‘uzor tumanlarida yetishtirilgan xushta’m qovunlar “Oltin voha agro invest” va “Gold fruit exim” MCHJlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Latviya va Qozog‘iston Respublikalariga peshma-pesh jo‘natilmoqda. Raqamlarga ko‘ra, iyun oyida 149 tonna qovun eksporti amalga oshirilgan.

Eksportyorlar vaqtini va mablag‘ini tejash uchun bojxona rasmiylashtiruvlari internet tarmog‘i orqali masofadan turib onlayn tarzda tezkorlik bilan amalga oshirib berilmoqda. Olib borilayotgan bu kabi sa’y-harakatlar o‘z samarasini ko‘rsatib, iyun oyining o‘tgan 17 kunida qariyb to‘rt ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga erishildi.

O‘zA
1 301