Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.09.2017 17:49 Chop etish versiyasi

Qashqadaryoda joriy yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 523 uy-joy qurilishi belgilangan

Qashqadaryoda joriy yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 523 uy-joy qurilishi belgilangan Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyatida joriy yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 523 uy-joy qurilishi belgilangan.

7.jpg

6.jpg

Qarshi tumanining Nukrabot mahallasi Yakkayog‘och massivida hozirgacha 56 oila uchun 4 ta ko‘p qavatli uy, shuningdek, 2 sotix yer maydoniga ega 2 va 3 xonali 40 ta uy foydalanishga topshirildi.

–Davlatimiz g‘amxo‘rligi bilan ikki sotix yer maydoniga ega ikki xonali uyga ega bo‘ldik, – deydi ushbu massivdagi uy sohibalaridan biri Nargiza Bahromova. – Shinam xonadonimizda barcha qulayliklar yaratilgan. Tomorqada ro‘zg‘orimiz ehtiyoji uchun sabzavot, ko‘katlar yetishtirayapmiz.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
1 033






Все о погоде - Pogoda.uz