Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.08.2017 16:35 Chop etish versiyasi

Qashqadaryoda 70 tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektda yong‘in-profilaktika ko‘rigi o‘tkazildi

Qashqadaryoda 70 tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektda yong‘in-profilaktika ko‘rigi o‘tkazildi Qashqadaryo viloyatida yong‘inlar profilaktikasi kuni tadbirlari doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari aholining yong‘inlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi tushunchalarini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tgan haftada olib borilgan chora-tadbirlar davomida davlat tasarrufidagi 194 obyektning yong‘inga qarshi holati o‘rnatilgan tartibda tekshirildi. 70 tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektda yong‘in-profilaktika ko‘rigi o‘tkazildi. Ushbu tekshiruvlar davomida obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Qarshi shahridagi “Erkatoy” maktabgacha ta’lim muassasasida ushbu profilaktika tadbiri nazariy va amaliy tarzda olib borildi. Muassasa ishchi-xizmatchilari va tarbiyalanuvchilariga yong‘inlarning kelib chiqish sababi, ularning salbiy oqibatlari, yosh bolalarning o‘t chiquvchi moslamalardan foydalanishining oldini olish borasida tushunchalar berildi. Kattalar va bolalarga yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakatlanishni o‘rgatish, bu boradagi ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
1 306






Все о погоде - Pogoda.uz