O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

“Qashqadaryo adiblari”

“Qashqadaryo adiblari”
Kitob javoningizga

Tabiat ijodkor uchun – ilhom manbai. Bepoyon kengliklar, yam-yashil qir-adirlar, sharqiroq daryoyu soylar, osmonoʻpar dovonlar – bularning bari insonga oʻzgacha zavqu shavq bagʻishlaydi. Tuygʻularni olovlantiradi. Qalb torini chertadi.

Qashqadaryo zamini koʻplab shoiru yozuvchilarga beshik boʻlishining boisi shunda! Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori Boynazar Yoʻldoshev ushbu vohada kamol topgan zabardast ijodkor haqidagi adabiy portretlarni “Qashqadaryo adiblari” nomli kitobga jamlabdi. Ushbu toʻplamdan Qashqadaryo viloyatidan yetishib chiqqan taniqli yozuvchilar, publitsistlar hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar oʻrin olgan. Ularning asarlarida ilgari surilgan muhim mavzu va gʻoyalar, obrazlar badiiy-estetik tahlil qilingan.

6 129
Shohrux BOTIROV, OʻzA