O‘zA O`zbek

28.08.2018 19:53 Chop etish versiyasi

Qarshovultepaning sirli topilmalari

Qarshovultepaning sirli topilmalari Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Qarshovultepa ekspeditsiyasi natijalari asosida topilgan arxeologik topilmalar koʻrgazmasi ochildi.

Koʻrgazmada mazkur yodgorlik majmuasidan topilgan 100 dan ortiq arxeologik topilmalar namoyish etilmoqda. Ekspozitsiyaga qoʻyilgan buyumlar orasida koʻplab sopol idishlarni koʻrish mumkin.

13.JPG

Qarshovultepa yodgorlik majmuasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Doʻstlik” fermer xoʻjaligi hududida joylashgan.

Yodgorlik majmuasidan topilayotgan vumizmatik va boshqa topilmalar eramizning VI-VIII asrlarida Qarshovultepada yashagan aholining hayotini tasvirlab beradi. II-III asrlarga tegishli boʻlgan nayzaning uchi bu joyning qadimiyligini tasdiqlaydi.

Qarshovultepadan topilgan topilmalarshaharchada din erkinligi hukmronlik qilganidan darak beradi.

Koʻrgazma 10 sentyabrgacha davom etadi.

Gulnoza Boboyeva, Otabek Mirsoatov (surat) OʻzA
1 471