Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.12.2017 11:39 Chop etish versiyasi

Qarshidagi bozor huvillab yotibdi. Nega?

Qarshi shahrining 2-mikrorayoni hududida zamonaviy dehqon bozori qurilganida hamma xursand bo‘lgan edi. Chunki ko‘chada noqulay sharoit va sanitariya talablariga zid holda poliz, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar nihoyat bir joyga jam bo‘lishi mumkin edi. Bu sotuvchiga ham, xaridorga ham juda qo‘l kelardi.

Lekin, afsuski, kutilgan natija bo‘lmadi, hamon “Eski hammom, eski tos”. Yana bozorga eltadigan ko‘chada antisanitariya holatida mahsulotini yerga yoyib savdo qilishmoqda shovvozlar. Bozor esa huvillab yotibdi. Bugun kimdir undan chiqindixona sifatida foydalanayotgan bo‘lsa, boshqasi avtomobili uchun qulay garaj paydo bo‘lganidan xursand.

Mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash, savdo madaniyatini yuksaltirish, sotuvchi va xaridorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda Qarshida nega bunday holat kuzatilmoqda? Buning sababini shahar hokimligi mutasaddilari bilar, balki!?







Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
5 923