O‘zA O`zbek

01.07.2020 Chop etish versiyasi

Qarshida uyiga qamalib qolgan 2 nafar bola qutqarildi

Qarshida uyiga qamalib qolgan 2 nafar bola qutqarildi

Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, bugun soat 9:30 lar atrofida boshqarmaning navbatchilik qismiga Qarshi shahri Darvozatutak mahallasidagi 368-uyning 16-xonadonida 2 nafar yosh bola qulflanib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, bolalarning onasi bir yumush bilan koʻchaga chiqqan vaqtida bolalar uy eshigini ichkaridan qulflagan va qayta ocholmay qolgan.

Boshqarmaning qutqaruv ishlari otryadi xodimlarining tezkorlik bilan koʻrgan chora-tadbirlari natijasida uy ichida qolgan biri 4 yoshli va ikkinchisi 2 yoshli boʻlgan ikki nafar bola ota-onasiga sogʻ salomat topshirilgan.

Aziz ota-onalar yosh bolalaringizni uyda yolgʻiz qoldirmang. Yoʻqsa buning oqibati achinarli yakun topishi mumkin.

1 838
Oʻ.BAROTOV, OʻzA